Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#Kotibiyat_mudiri_ish_rejasi
#Oylik_ish_reja
🏫 MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK DEPUTATLIK NAZORATIDA


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov tomonidan Kengashning 5-Guliston-Galaguzar saylov okrugi deputati O. Umarovga saylov okrugi qarashli “Guliston” mahallasida joylashgan 51-sonli umumta’lim maktabida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

🔎 O‘rganish davomida maktabning 2026–2027-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, ta’lim muassasasini isitish tizimining ahvoli hamda isitish pechlarining foydalanishga yaroqliligi ko‘zdan kechirildi.

📌 Shuningdek, sovuq kunlarda o‘quvchilar va pedagog xodimlar uchun munosib sharoit yaratish, dars mashg‘ulotlarining uzluksizligini ta’minlash hamda isitish tizimidan xavfsiz foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

✅ Mazkur deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazishi, o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz ta’lim muhitini yaratish hamda mavsumga tayyorgarlik ishlarining holatini nazorat qilishdan iborat.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3