35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏠 Xonadonbay o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 4-Uch-yog‘och–Qorabog‘ saylov okrugi deputati K. Xashimova hamda Kengashi Kotibiyatining bosh mutaxassisi Sh.Xo‘janazrov tomonidan kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida xonadonbay o‘rganish ishlari olib borildi.

📍 O‘rganish davomida “Qorabog‘” mahallasida yashovchi fuqaro M.Salomovaning xonadoniga tashrif buyurilib, oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati, mavjud muammolari hamda daromadlarini oshirish imkoniyatlari o‘rganildi.

🤝 Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va amaliy ko‘mak ko‘rsatish choralari belgilab olindi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 2