35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#ish_reja_ijrosi
#Kotibiyat_mudir_ish_rejasi
19¹-modda
🚦 “Xavfsiz va ravon yo‘l” — inson xavfsizligi yo‘lida


📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O.Tursunov hamda Adolat sotsial-demokratik partiyasi Kengashi raisi Q.Allanazarov ishtirokida avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish olib borildi.

🛣 Mazkur o‘rganish Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi doirasida tashkil etildi.

🔎 O‘rganish davomida avtomobil yo‘llarining holati, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

📋 Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilanishi ko‘zda tutilmoqda.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4