35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

24 TAVSIYA ASOSIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta Tavsiya asosida hududlarda amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov Andijon shahar “Tinchlik” MFY hududida bo‘lib, hokim yordamchisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash hamda aholi uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mavjud masalalarni o‘rganish, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va aholining qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Deputatlar tomonidan hududlarda olib borilayotgan bunday o‘rganishlar 24 ta Tavsiyada belgilangan vazifalarning amaliy ijrosini ta’minlashga xizmat qilmoqda.