Jańalıqlar

“PAXTAKOR TEKS” MChJ faoliyati bilan tanishildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Muqaddas Urazaliyeva, tuman Kengashi deputati K.Mamanova hamda tuman hokimining o‘rinbosari O.Otajonova bilan birgalikda G‘alaba mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan “PAXTAKOR TEKS” MChJga tashrif buyurdi.

Deputatlar ishlab chiqarish jarayoni, zamonaviy texnologiyalar asosida yo‘lga qo‘yilgan faoliyat, mehnat sharoitlari, mahsulot sifati bilan yaqindan tanishildi hamda korxonada yangi ish o‘rinlarini yaratish, xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta’minlash, mahalliy xomashyoni samarali qayta ishlash hamda eksport salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar tinglandi.

Muloqot davomida ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish, va ishchi-xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.

Slide 1 of 10