#DOIMIY_KOMISSIYA_YIGILISHI
Xalq deputatlari shahar Kengashi huzuridagi doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi!
Yig'ilishda, kun tartibiga kiritilgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinib, tegishli mas’ullar hisobotlari tinglandi.
Kun tartibidagi masalalar:
1, Shaharda 2025-2026-o‘quv yili bitiruvchilari va ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan shahar hokimining birinchi o‘rinbosari T.Ummatkulovning hisoboti to‘g‘risida.
2. Shahar hududida favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida 2026-yil 1-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan shahar hokimi D.Kambarovaning hisoboti to‘g‘risida;
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-martdagi “Sirdaryo viloyatida ishbilarmonlik muhiti, infratuzilma va aholi turmush darajasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-93-sonli qarorining shahardagi ijrosi yuzasidan shahar hokimining o‘rinbosari D.Azimovning hisoboti to‘g‘risida;
4. Shahar mahalliy budjetining 2026-yilda shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida;