DEPUTATLIK NAZORATI
👤 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi 22-Bo‘ston saylov okrugi deputati A. To‘xtashov tomonidan “Oqtepa” mahallasi hududida joylashgan 86-Oilaviy poliklinikaga qarashli Oqtepa mahalla punktida deputatlik nazorati o‘tkazildi.
🤝 Nazorat tadbiri davomida tibbiyot muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati hamda tibbiyot xodimlarining faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
🔍 Shuningdek, fuqarolarga xizmat ko‘rsatish jarayonini yanada yaxshilash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda tibbiy xizmat sifatini oshirish yuzasidan mas’ullarga tavsiyalar berildi.
✅ Deputatlik nazorati doirasida aniqlangan masalalar nazoratga olindi.