Jańalıqlar

To‘qboy mahallasida xotin-qizlar masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi V. Ruziyev To‘qboy mahallasida bo‘lib, xotin-qizlar faollari faoliyati hamda "Ayollar daftari" bilan bog‘liq ishlar holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida "Ayollar daftari"ga kiritilgan fuqarolarning muammolarini hal etish, ularga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar, bandligini ta’minlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalladagi xotin-qizlarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda muammolarini o‘z vaqtida hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1