Jańalıqlar

"Davlat tili to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, sport va madaniyat masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni hamda ushbu yo‘nalishda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini o‘rganish maqsadida maxsus savolnoma ishlab chiqilib, tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida MFYlarda ish yuritish hujjatlarining davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritilishi, rasmiy hujjatlar va axborot materiallarining qonun talablariga muvofiqligi hamda davlat tiliga oid me’yorlarga rioya etilishi tahlil qilindi.

Shuningdek, davlat tilining nufuzi va mavqeini yanada oshirish, ish yuritishda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidan to‘liq foydalanishni ta’minlash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2