Jańalıqlar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi


Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati Y.Jo'rayev tuman hokimligi vakili D.Mardiyev, tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev hamda bosh mutaxassis D.Shakarboyevlar tomonidan Bo'ston mahallasi hududida joylashgan sun'iy futbol maydonchasining holati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mazkur sport maydonchasining sun'iy qoplamasi (rezina qoplami) ta'mirtalab holatga kelib qolgani aniqlandi. Mazkur kamchilikni bartaraf etish hamda maydonchani foydalanishga qulay holatga keltirish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berildi. Ushbu masala nazoratga olinib, maydonchada zarur ta'mirlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.

Slide 1 of 3