Jańalıqlar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi raisi Sh.Eshbayev, deputatlar Y.Berdiyarov, N.Turdiyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D.Shakarboyevlar tomonidan "Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi mahalla" dasturi doirasida mukammal taʼmirlanayotgan Andijon mahalla fuqarolar yigʻini binosida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari oʻrganildi.

Oʻrganish jarayonida obyektda ishlar belgilangan reja-jadval asosida olib borilayotgani, bino tashqi fasad qismini taʼmirlash ishlari toʻliq yakunlangani hamda qurilishning keyingi bosqichlari belgilangan muddatlarda davom ettirilayotgani aniqlandi.

Slide 1 of 4