Jańalıqlar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Andijon MFY qabristonida sizot suvlarini chiqarish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi raisi Sh.Eshbayev, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U.Kenjayev hamda Andijon MFY raisi A.Abdusalomov tomonidan Andijon MFY hududidagi qabristonda sizot suvlarini chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida olib borilayotgan ishlarning borishi ko‘zdan kechirilib, sizot suvlarini samarali bartaraf etish hamda qabriston hududining sanitariya holatini yaxshilash yuzasidan mas'ullar bilan fikr almashildi. Shuningdek, ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4