Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati N. Mo‘minov Sarimoy va Nukus mahallalarida xotin-qizlar faoli faoliyatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy va psixologik yordam, ularning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Joriy yilda 12 nafar xotin-qiz ish bilan ta’minlanib, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgani qayd etildi.
Shuningdek, yosh oilalar o‘rtasida ajrimlar sonining oshgani alohida muhokama qilinib, xotin-qizlarni o‘zini o‘zi band qilish va kredit asosida tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan takliflar bildirildi. 🤝