Jańalıqlar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati N.Soatov, Oqoltin tumani Kengashi deputati N.Turdiyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari U.Kenjayev va D.Shakarboyevlar tomonidan tuman Kengashining tegishli qarori ijrosi yuzasidan I guruh nogironligi bo'lgan hamda mehnatga layoqatli oila a'zosi mavjud bo'lmagan xonadonda amalga oshirilgan ta'mirlash ishlari va energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan ijtimoiy loyiha uchun ajratilgan mablag'larning maqsadli sarflanishi o'rganildi.

O'rganish jarayonida loyiha doirasida belgilangan qurilish-ta'mirlash ishlari to'liq yakunlanib, xonadon foydalanishga topshirilgani aniqlandi. Shuningdek, ajratilgan mablag'larning maqsadli sarflanishi hamda bajarilgan ishlarning sifati joyiga chiqib ko'zdan kechirildi.

Slide 1 of 3