Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Oltiariq tumanida yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolar daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida seminar tashkil etildi.
янв.21
Olmazor mahalla fuqarolar yig’inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
30-maktabda sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mukammal ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi
янв.21
Yangiqo‘rg‘on MFYda 450 metr ichki yo‘l asfaltlanmoqda
янв.21
Deputatlar tashabbusi bilan elektr ta’minotini yaxshilashga 937 mln so‘m ajratildi
янв.21
“Bolalarni ijtimoiy himoyalash” sho‘basi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash
Mahalla yettiligi faoliyatida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A. Appakov tomonidan Madaniyat MFY mahalla yettiligi faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla yettiligi tomonidan aholiga xizmat ko‘rsatish, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, ijtimoiy ko‘mak va bandlik masalalarini hal etishda qonuniylik, ochiqlik, shaffoflik va xolislik tamoyillariga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahalla hududida korrupsiyaga sabab bo‘luvchi omillarning oldini olish, xizmat vazifalarini suiiste’mol qilmaslik, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda har qanday korrupsiyaviy holatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish zarurligi ta’kidlandi.

Mahalla yettiligi faoliyatini yanada takomillashtirish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.