35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Olmazor mahalla fuqarolar yig’inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
30-maktabda sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mukammal ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi
янв.21
Yangiqo‘rg‘on MFYda 450 metr ichki yo‘l asfaltlanmoqda
янв.21
Deputatlar tashabbusi bilan elektr ta’minotini yaxshilashga 937 mln so‘m ajratildi
янв.21
“Bolalarni ijtimoiy himoyalash” sho‘basi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash
янв.21
Xo‘jaqo‘rg‘on MFYda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
LUTFIY MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Xidiyatulina Rima Rashitovna tomonidan Lutfiy mahallasida Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalarning 11-bandi — kuz-qish mavsumida isitish tizimining holati ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida ko‘p qavatli uy-joylarda isitish tizimining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, issiqlik ta’minoti infratuzilmasining texnik holati hamda mavjud muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarida amalga oshirilayotgan ishlar jarayoni bilan tanishildi.
Hozirgi vaqtda isitish tizimini mavsumga tayyorlash, texnik sozlash va profilaktik ta’mirlash ishlari davom etayotganligi qayd etildi.
Deputat tomonidan mas’ullarga Issiqlik ta’minoti tizimlarini belgilangan texnik talablarga muvofiq tayyorlash, isitish quvurlari va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining texnik sozligini ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, kuz-qish mavsumida aholiga uzluksiz va sifatli issiqlik xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan tegishli tavsiyalar va takliflar berildi.

Slide 1 of 3