Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Oltiariq tumanida yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolar daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida seminar tashkil etildi.
янв.21
Olmazor mahalla fuqarolar yig’inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
30-maktabda sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mukammal ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi
янв.21
Yangiqo‘rg‘on MFYda 450 metr ichki yo‘l asfaltlanmoqda
янв.21
Deputatlar tashabbusi bilan elektr ta’minotini yaxshilashga 937 mln so‘m ajratildi
янв.21
“Bolalarni ijtimoiy himoyalash” sho‘basi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash
#24_masala #okrugda_urganish


Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining 15-“Bo‘g‘izog‘on” saylov okrugi deputati B. Xamrayev tomonidan Bo‘g‘izog‘on mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida fuqarolar tomonidan suyultirilgan gaz ta’minoti, shuningdek, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish bilan bog‘liq qator muammolar ko‘tarildi.

Deputat aholi bilan bevosita muloqot qilib, bildirilgan murojaatlarning mazmun-mohiyatini hamda mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
Aniqlangan masalalarni ijobiy hal etish va muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga murojaatlar yo‘llanib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mavjud muammolarni amaliy hal etish hamda aholi manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 2