35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Olmazor mahalla fuqarolar yig’inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
30-maktabda sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mukammal ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi
янв.21
Yangiqo‘rg‘on MFYda 450 metr ichki yo‘l asfaltlanmoqda
янв.21
Deputatlar tashabbusi bilan elektr ta’minotini yaxshilashga 937 mln so‘m ajratildi
янв.21
“Bolalarni ijtimoiy himoyalash” sho‘basi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash
янв.21
Xo‘jaqo‘rg‘on MFYda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
📌 Xalq deputatlari Arnasoy tumani Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashining majlislar zalida yettinchi chaqiriq yigirma uchinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalarni dastlabki tartibda ko‘rib chiqish maqsadida Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning yig‘ilishi o‘tkazildi.

👥 Yig‘ilishda doimiy komissiya a’zolari, xalq deputatlari Kengashi huzurida tashkil etilgan “Yoshlar maslahat guruhi” va “Ekspert guruhi” a’zolari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari hamda mutasaddi mas’ullar ishtirok etdi.

🗯 Yig‘ilish kun tartibida:

✅Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktyabrdagi “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PF-185-son farmonining tumandagi ijrosi to‘g‘risida.
 ✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 31 dekabrdagi PQ-468-son “Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosining 2026 yil sentyabr oyidagi holati to‘g‘risidagi masalalar muhokama qilindi.

📑 Mazkur masalalar yuzasidan mas’ullarning axborot va hisobotlari tinglanib, deputatlar tomonidan mavjud holatni yanada takomillashtirish, mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanish yuzasidan savol, taklif va tavsiyalar bildirildi.

🔎 Muhokamalar davomida kun tartibidagi masalaning mazmun-mohiyati, amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi hamda budjet mablag‘laridan oqilona foydalanish bilan bog‘liq jihatlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

✅ Yig‘ilish yakunida bildirilgan taklif va tavsiyalarni inobatga olgan holda sessiya kun tartibiga kiritilayotgan masalani yanada puxta ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli xulosalar shakllantirildi
Slide 1 of 6