35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Olmazor mahalla fuqarolar yig’inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
30-maktabda sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mukammal ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi
янв.21
Yangiqo‘rg‘on MFYda 450 metr ichki yo‘l asfaltlanmoqda
янв.21
Deputatlar tashabbusi bilan elektr ta’minotini yaxshilashga 937 mln so‘m ajratildi
янв.21
“Bolalarni ijtimoiy himoyalash” sho‘basi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash
янв.21
Xo‘jaqo‘rg‘on MFYda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #kunlik_ish_reja_ijrosi Aholi yashash sharoitlarini yaxshilashda deputatlik nazorati va hamkorlik

#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
#_kotibiyat_xodimi_faoliyati
#kunlik_ish_reja_ijrosi
Aholi yashash sharoitlarini yaxshilashda deputatlik nazorati va hamkorlik


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining “1-Sangardak” saylov okrugidan saylangan deputat S.Qosimov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Nasriddinov tomonidan “Anorzor” mahallasida aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholi uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud infratuzilma holati hamda fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar tahlil qilindi.

Shuningdek, aholi bilan muloqotlar o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, ularning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Tashrif davomida hududda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, yo‘l va ichki infratuzilmani yaxshilash, aholi uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga ham alohida e’tibor qaratildi.

Deputatlik nazorati doirasida bunday o‘rganishlarning muntazam tashkil etilishi aholi muammolarini joyida aniqlash, ularni tezkor hal etish hamda mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga munosib hissa qo‘shishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3