35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Olmazor mahalla fuqarolar yig’inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
30-maktabda sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mukammal ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi
янв.21
Yangiqo‘rg‘on MFYda 450 metr ichki yo‘l asfaltlanmoqda
янв.21
Deputatlar tashabbusi bilan elektr ta’minotini yaxshilashga 937 mln so‘m ajratildi
янв.21
“Bolalarni ijtimoiy himoyalash” sho‘basi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash
янв.21
Xo‘jaqo‘rg‘on MFYda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
Murojaatlar bilan ishlash jarayoni o‘rganildi

#kengash_raisi_faoliyati
#ekspert_guruhi

Murojaatlar bilan ishlash jarayoni o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi J. Xudoyqulova Kengash huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari bilan birgalikda Davlat xizmatlari markazida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash jarayonlarini o‘rgandi.

O‘rganish davomida fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni qabul qilish va ro‘yxatga olish, ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, murojaatchilarga tegishli tushuntirish va amaliy yordam ko‘rsatish jarayonlariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, murojaatlar bilan ishlashda fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, ularning muammolarini hal etishga yo‘naltirish hamda murojaatlarning natijadorligini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va murojaatlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Davlat xizmatlaridan foydalanishda fuqarolarga qulay va samarali shart-sharoit yaratish masalalari deputatlik nazorati doirasida e’tiborda bo‘lishi ta’kidlandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2