35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Olmazor mahalla fuqarolar yig’inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
30-maktabda sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mukammal ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi
янв.21
Yangiqo‘rg‘on MFYda 450 metr ichki yo‘l asfaltlanmoqda
янв.21
Deputatlar tashabbusi bilan elektr ta’minotini yaxshilashga 937 mln so‘m ajratildi
янв.21
“Bolalarni ijtimoiy himoyalash” sho‘basi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash
янв.21
Xo‘jaqo‘rg‘on MFYda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#24_ta_masala
#Ish_reja_ijrosi
🤝 AHOLI BANDLIGI VA OILALAR DAROMADINI OSHIRISH MASALALARI O‘RGANILDI

📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 17-“G‘ambur” saylov okrugi deputati S.To‘rayeva tomonidan “G‘ambur” mahallasida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda oilalar daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

👥 O‘rganish davomida mahalladagi ehtiyojmand oilalar bilan ishlash, ishsiz fuqarolarni doimiy va mavsumiy ish bilan ta’minlash, aholi uchun yangi daromad manbalarini yaratish hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📊 Shuningdek, oilalar daromadini oshirishga qaratilgan mavjud imkoniyatlar, fuqarolarning bandlik holati va ularni kasb-hunarga yo‘naltirish borasidagi ishlar tahlil qilindi.

💼 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish, aholi bandligini ta’minlash va oilalar farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

🌱 Aholining munosib daromad topishi, bandligini ta’minlash va oilalar farovonligini oshirish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4