Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Oltiariq tumanida yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolar daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida seminar tashkil etildi.
янв.21
Olmazor mahalla fuqarolar yig’inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
30-maktabda sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mukammal ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi
янв.21
Yangiqo‘rg‘on MFYda 450 metr ichki yo‘l asfaltlanmoqda
янв.21
Deputatlar tashabbusi bilan elektr ta’minotini yaxshilashga 937 mln so‘m ajratildi
янв.21
“Bolalarni ijtimoiy himoyalash” sho‘basi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash
🏘 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILAGA AMALIY YORDAM

📍 Xalq deputatlari “Adolat” SDPdan saylangan 11-Istiqbol saylov okrugi deputati Dosova Gulxumar Kuranbayevna hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich tomonidan Shovot tumanining Paxtakor mahallasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi.
🤝 Xonadonni ta’mirlash va yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 20 million so‘mgacha mablag‘ ajratilgan.
🧱 Ajratilgan mablag‘lar doirasida bugungi kunda xonadonga zarur qurilish materiallari yetkazib berildi.
🔨 Shuningdek, ta’mirlash ishlarini shu hafta oxirida boshlash rejalashtirilgan.
👥 Mazkur ishlarning borishi bilan tanishish maqsadida xonadon joyiga chiqib o‘rganildi hamda ta’mirlash ishlarini belgilangan tartibda tashkil etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.
📍 Manzil: Shovot tumani, Paxtakor mahallasi, Zavod ko‘chasi, 45-uy.
🏠 Fuqaro: U.S.
✨ Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash va muammolarini amaliy hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
🤝 Xalq manfaatlari — e’tibor va amaliy yordam markazida!

Slide 1 of 3