Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Oltiariq tumanida yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolar daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida seminar tashkil etildi.
янв.21
Olmazor mahalla fuqarolar yig’inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
30-maktabda sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mukammal ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi
янв.21
Yangiqo‘rg‘on MFYda 450 metr ichki yo‘l asfaltlanmoqda
янв.21
Deputatlar tashabbusi bilan elektr ta’minotini yaxshilashga 937 mln so‘m ajratildi
янв.21
“Bolalarni ijtimoiy himoyalash” sho‘basi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash
🏛 SHOVOT TUMANI KENGASHINING DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-51-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 22-iyundagi KQ-360-V-son qarori talablaridan kelib chiqib, aholi murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan masalalar ko‘rib chiqildi.
📌 Kun tartibiga muvofiq:
🔹 Shovot tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Saidov San’at Qutlimuratovichning tuman hokimligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ular bilan ishlash holati yuzasidan hisoboti tinglandi.
🔹 Davlat kadastrlari palatasi Shovot tumani filiali boshlig‘i Ro‘zmetov Zoxitjon Rajabboyevichning 2026-yil yanvar–avgust oylarida aholi murojaatlari bilan ishlash holati to‘g‘risidagi hisoboti ko‘rib chiqildi.
🔹 Shovot tumani yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi direktori Saidov Mardon Bakiyevichning 2026-yil yanvar–avgust oylarida aholi murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan hisoboti eshitildi.
Yig‘ilish davomida murojaatlarni o‘z vaqtida, qonuniy va sifatli ko‘rib chiqish, fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan muammolarni manzilli hal etish, murojaatlar bilan ishlashda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, faoliyat davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
📍 Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarning ijrosi doimiy komissiya tomonidan deputatlik nazorati asosida nazoratga olindi.

Slide 1 of 2