35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Oltiariq tumanida yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolar daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida seminar tashkil etildi.
янв.21
Olmazor mahalla fuqarolar yig’inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
30-maktabda sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mukammal ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi
янв.21
Yangiqo‘rg‘on MFYda 450 metr ichki yo‘l asfaltlanmoqda
янв.21
Deputatlar tashabbusi bilan elektr ta’minotini yaxshilashga 937 mln so‘m ajratildi
янв.21
“Bolalarni ijtimoiy himoyalash” sho‘basi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash
#_deputat_faoliyati Sharafobod mahallasida bunyodkorlik ishlari yakunlanib, mahalla ochilish marosimi o‘tkazildi

#_deputat_faoliyati
Sharafobod mahallasida bunyodkorlik ishlari yakunlanib, mahalla ochilish marosimi o‘tkazildi


Xalq deputatlari tuman Kengashining "16-Bo'yrapo'sh" saylov okrugidan saylangan deputat A.Axmedov saylanga Sharafobod mahallasida amalga oshirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari yakunlanib, mahallaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Odiljon Yaqubov, deputatlar, mahalla yettiligi a’zolari, mahalla faollari, nuroniylar, quruvchilar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Loyiha doirasida mahallada:

1,6 km ichki yo‘llar asfalt qilindi;
2 dona yangi transformator o‘rnatildi;
130 dona yangi elektr ustunlari o‘rnatilib, 5 km SIP yopiq kabellari tortildi;
1,3 km piyodalar yo‘laklari barpo etildi;
1,2 km ichki ariqlar betonlashtirildi.

Mazkur bunyodkorlik ishlari mahalla aholisining turmush sharoitini yaxshilash, zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish hamda hududni yanada obod va ko‘rkam maskanga aylantirishga qaratilgan.

Bu kabi ezgu ishlar mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning amaliy ifodasidir.

Slide 1 of 3