35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Olmazor mahalla fuqarolar yig’inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
30-maktabda sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mukammal ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi
янв.21
Yangiqo‘rg‘on MFYda 450 metr ichki yo‘l asfaltlanmoqda
янв.21
Deputatlar tashabbusi bilan elektr ta’minotini yaxshilashga 937 mln so‘m ajratildi
янв.21
“Bolalarni ijtimoiy himoyalash” sho‘basi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash
янв.21
Xo‘jaqo‘rg‘on MFYda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi majlisida 4 ta masala ko‘rib chiqildi.
#doimiy_komissiya_bayoni

DOIMIY KOMISSIYA MAJLISIDA 4 TA MASALA KO‘RIB CHIQILDI

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi majlisida 4 ta masala ko‘rib chiqildi.

Kun tartibi:

1. Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan hamda uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarni arzon uy-joylar bilan ta’minlash holati.

2. Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish hamda bandligini ta’minlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 183-son qarori ijrosi.

3. “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha Kengashning avvalgi qaroriga o‘zgartirish kiritish masalasi.

4. Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining 2025–2026-o‘quv yilida amalga oshirgan ishlari hamda 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati.
Masalalar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglanib, deputatlar tomonidan tegishli fikr va takliflar bildirildi.

Muhokama yakunlariga ko‘ra, kun tartibidagi masalalarni Kengashning navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish to‘g‘risida doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash