Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Oltiariq tumanida yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolar daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida seminar tashkil etildi.
янв.21
Olmazor mahalla fuqarolar yig’inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
30-maktabda sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mukammal ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi
янв.21
Yangiqo‘rg‘on MFYda 450 metr ichki yo‘l asfaltlanmoqda
янв.21
Deputatlar tashabbusi bilan elektr ta’minotini yaxshilashga 937 mln so‘m ajratildi
янв.21
“Bolalarni ijtimoiy himoyalash” sho‘basi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash
#24_ta_masala 🏫 Qoraqishloq mahallasidagi “ZAKOVAT ARENA” loyihasining holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 20-Mitan saylov okrugiga qarashli Qoraqishloq mahallasida joylashgan 48-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ilgari surilgan tashabbuslarning amaliy holati o‘rganildi.

📍 O‘rganish davomida maktabda “Tashabbusli budjet” jarayonida ilgari surilgan, biroq g‘oliblar qatoridan o‘rin olmagan yengil konstruksiya asosida “ZAKOVAT ARENA” qurish loyihasining bugungi holati ko‘rib chiqildi.

🔎 Mazkur loyiha o‘quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar o‘rtasida “Zakovat” kabi intellektual o‘yinlarni ommalashtirish uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan.

🤝 O‘rganishda Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari L.Kuvondikov, U.Nurmuxammedov, J.Mavlyanov va N.Kiyamov ishtirok etib, maktab mas’ullari bilan loyiha va mavjud sharoitlar yuzasidan fikr almashdilar.

📌 O‘rganish yakunlari asosida loyiha bo‘yicha mavjud holat va imkoniyatlar tahlil qilinib, o‘quvchilar uchun intellektual va ta’limiy muhitni yanada yaxshilashga qaratilgan takliflar shakllantiriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 4