35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Olmazor mahalla fuqarolar yig’inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
30-maktabda sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mukammal ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi
янв.21
Yangiqo‘rg‘on MFYda 450 metr ichki yo‘l asfaltlanmoqda
янв.21
Deputatlar tashabbusi bilan elektr ta’minotini yaxshilashga 937 mln so‘m ajratildi
янв.21
“Bolalarni ijtimoiy himoyalash” sho‘basi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash
янв.21
Xo‘jaqo‘rg‘on MFYda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida

Har bir davlat mablag‘i o‘z egasiga yetib borishi va manzilli sarflanishi deputatlar nazoratida!
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Masharipov Izzat Masharipovich, kotibiyat bosh mutaxassisi Ruzmetov Umrbek Shavkatovich hamda 15-Taraqqiyot saylov okrugi deputati Yakubov To‘lqin Sa’dullayevich tomonidan Xitoy mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida ijtimoiy reyestrga kiritilgan hamda “Ayollar daftari” asosida uy-joyini ta’mirlash yo‘nalishiga kiritilgan fuqaro Rizvanova Xafizaning xonadonida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishildi.
🔹 E’tiborlisi, fuqaroning tikuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanishi va daromad topishi uchun turar joyi yonidan alohida xona ta’mirlab berilmoqda.
🔹 Qurilish va ta’mirlash ishlari uchun zarur bo‘lgan qurilish materiallari to‘liq yetkazib berilgan.
🔹 O‘rganish davomida ajratilgan mablag‘ va ko‘rsatilayotgan amaliy yordamning maqsadli hamda manzilli yo‘naltirilayotgani nazorat qilindi.
Fuqaro Rizvanova Xafiza ko‘rsatilayotgan e’tibor va amaliy yordamdan mamnunligini bildirib, ushbu ko‘makni Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida o‘zi uchun katta sovg‘a va imkoniyat sifatida qabul qilganini ta’kidladi.
📌 Asosiy maqsad — davlat mablag‘larining samarali va maqsadli sarflanishini ta’minlash, ijtimoiy ko‘makni haqiqiy ehtiyojmand oilalarga yetkazish hamda fuqarolarning daromad topishi uchun zarur sharoit yaratish.

Slide 1 of 6