Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Oltiariq tumanida yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolar daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida seminar tashkil etildi.
янв.21
Olmazor mahalla fuqarolar yig’inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
30-maktabda sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mukammal ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi
янв.21
Yangiqo‘rg‘on MFYda 450 metr ichki yo‘l asfaltlanmoqda
янв.21
Deputatlar tashabbusi bilan elektr ta’minotini yaxshilashga 937 mln so‘m ajratildi
янв.21
“Bolalarni ijtimoiy himoyalash” sho‘basi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi vakillari bilan hamkorlikda yashil hududlar va Deputatlar bog‘idagi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

 Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi vakillari bilan hamkorlikda yashil hududlar va Deputatlar bog‘idagi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

⚡️ Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Olmazor tuman bo‘limi xodimi va kotibiyat mutaxassislari bilan hamkorlikda hududlardagi yashil maydonlar, daraxt va butalarning sug‘orilishi, parvarishlanishi hamda obodonlashtirish ishlari holatini joyiga chiqib o‘rgandilar.

🌳 Monitoring davomida Deputatlar bog‘idagi ko‘kalamzorlashtirish ishlari, sug‘orish tizimining holati, daraxt va manzarali o‘simliklarning parvarishi hamda hududning sanitariya holati ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur vazifalar belgilandi.

📖 Huquqiy asos:
Ushbu nazorat tadbirlari O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 754-XII-son “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, 2013-yil 27-dekabrdagi O‘RQ–363-son “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonuni
hamda 2016-yil 21-sentabrdagi O‘RQ–409-son “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq amalga oshirilmoqda.

🌱 Atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil hududlarni asrab-avaylash, daraxt va butalarni sifatli parvarishlash hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash borasidagi hamkorlikdagi nazorat ishlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 10