35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Olmazor mahalla fuqarolar yig’inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
30-maktabda sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mukammal ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi
янв.21
Yangiqo‘rg‘on MFYda 450 metr ichki yo‘l asfaltlanmoqda
янв.21
Deputatlar tashabbusi bilan elektr ta’minotini yaxshilashga 937 mln so‘m ajratildi
янв.21
“Bolalarni ijtimoiy himoyalash” sho‘basi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash
янв.21
Xo‘jaqo‘rg‘on MFYda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
AHOLIGA O‘ZI VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 15-"Beshkappa" saylov okrugidan saylangan deputati, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna tomonidan deputatlik nazorati doirasida "Xurriyat" MFY hududida joylashgan 46-oilaviy shifokorlik punkti faoliyati o‘rganildi.Tashrif davomida aholiga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatilishi, bemorlarni qabul qilish tizimi hamda imtiyozli toifadagi fuqarolarni bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati yuzasidan yaqindan tanishildi.O‘rganish jarayonida punkt mudiri bilan suhbat o‘tkazilib, muassasa faoliyati haqida batafsil ma’lumot olindi.Ta’kidlanishicha, bugungi kunda bemorlarni qabul qilish jarayoni to‘liq raqamlashtirilgan bo‘lib, shu kunning o‘zida shifokorlar qabuliga jami 102 nafar bemor ro‘yxatdan o‘tgan. Shundan 78 nafari umumiy amaliyot shifokori Ergashova Mukambar Bakirovna, 24 nafari esa punkt mudiri qabuliga yozilgan.Shuningdek, suhbat davomida muassasa faoliyatida mavjud ayrim muammolar ham ko‘tarildi. Jumladan, oilaviy shifokorlik punkti joylashgan bino eski bo‘lib, atigi 8 ta xonadan iboratligi, uni zamonaviy talablarga mos yangi bino bilan almashtirish zarurligi qayd etildi.Bundan tashqari, tor mutaxassislikdagi shifokorlar yetishmasligi, kadrlar zaxirasini shakllantirish hamda moddiy-texnik bazani yanada mustahkamlash zarurligi ta’kidlandi.Tashrif davomida umumiy amaliyot shifokori Ergashova Mukambar Bakirovna hamda stomatolog Musayev Sunnat bilan ham suhbat o‘tkazilib,
ularning ish faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va mavjud sharoitlar yuzasidan fikr almashildi.O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda aholini sifatli tibbiy xizmat bilan ta’minlash bo‘yicha deputatlik nazoratini izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
  

Slide 1 of 8