Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Hududdagi jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI: MUROJAATLAR VA DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahar Olmazor tumanidagi Xalq qabulxonasining 2026-yil 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axboroti.
янв.21
“CHUQURSOY” MAHALLASIDA “YETTILIK” FAOLIYATI: III CHORAK HISOBOTLARI TINGLANDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR: DEPUTATLIK NAZORATI AMALDA!
янв.21
21-oilaviy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan Olmazor tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limining Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, uni betalafot o‘tkazish, iste’molchilarni energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha Olmazor tumanida amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi hisoboti to‘g‘risida.
янв.21
“GULSAROY” MAHALLASIDA III CHORAK: “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI RAQAMLARDA
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
65-DMTTda o‘rganish ishlari olib borildi
#munosabat Özbek yozuvining takomillaşuvi — kelajak avlod uçun muhim qadam

Bugungi kunda jamiyat hayotining barça jabhalarida zamonaviy yondaşuvlarni joriy etiş bilan bir qatorda, milliy tilimizning imkoniyatlarini kengaytiriş ham dolzarb ahamiyatga ega. Çunki til taraqqiyoti xalqning ma’naviy salohiyati, madaniyati va kelajakka bölgan intilişini ifodalaydi.

Özbek alifbosini takomillaştirişga qaratilgan işlar yozuvning amaliy qulayligini oşiriş, imlo qoidalarini izçil qöllaş va davlat tilining zamonaviy axborot muhitidagi imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan. Bunday özgarişlar samarali natija berişi uçun ularni puxta örganiş, yangi yozuv me’yorlarini özlaştiriş va kundalik faoliyatda savodxonlikka rioya etiş zarur.

Şuningdek, davlat taşkilotlari, ta’lim muassasalari va jamoat taşkilotlarida özbek tilidan foydalaniş madaniyatini yuksaltiriş, rasmiy hujjatlarni töğri rasmiylaştiriş hamda aholining tilga oid bilimlarini oşirişga qaratilgan tadbirlarni kuçaytiriş muhimdir. Bu esa davlat tilining jamiyat hayotidagi örnini mustahkamlaşga xizmat qiladi.

Ona tilimizni e’zozlaş faqat sözda emas, balki uni töğri qöllaş, rivojlantiriş va uning nufuzini oşiriş yölidagi amaliy harakatlarda namoyon böladi. Har birimizning bu boradagi mas’uliyatli yondaşuvimiz tilimizning kelajakdagi ravnaqiga munosib hissa qöşadi.

Zero, tilga e’tibor — kelajakka e’tibor, yozuv madaniyati esa milliy taraqqiyotning muhim mezonidir.

Slide 1 of 1