Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Hududdagi jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI: MUROJAATLAR VA DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahar Olmazor tumanidagi Xalq qabulxonasining 2026-yil 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axboroti.
янв.21
“CHUQURSOY” MAHALLASIDA “YETTILIK” FAOLIYATI: III CHORAK HISOBOTLARI TINGLANDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR: DEPUTATLIK NAZORATI AMALDA!
янв.21
21-oilaviy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan Olmazor tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limining Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, uni betalafot o‘tkazish, iste’molchilarni energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha Olmazor tumanida amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi hisoboti to‘g‘risida.
янв.21
“GULSAROY” MAHALLASIDA III CHORAK: “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI RAQAMLARDA
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
65-DMTTda o‘rganish ishlari olib borildi
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI: MUROJAATLAR VA DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI

DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI: MUROJAATLAR VA DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 13-«Gulsaroy» saylov okrugi deputati Dilorom Axmedova 2026-yil III chorak davomida amalga oshirgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida hisobot berdi.

📍 Uchrashuvda «Gulsaroy» va «Chuqursoy» mahallalari faollari hamda mahalla jamoatchilik kengashi vakillari ishtirok etib, hududdagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr va takliflarini bildirdilar.
📘 Deputatlik faoliyati sarhisobi: Hisobot davomida Dilorom Axmedova III chorak mobaynida tuman Kengashining 6 ta sessiyasi va 3 ta doimiy komissiya yig‘ilishida ishtirok etgani, tuman hayotiga oid dolzarb masalalar yuzasidan o‘z taklif va tashabbuslarini ilgari surgani haqida ma’lumot berdi.

📎 Shuningdek, saylovchilar bilan muloqotlar davomida kommunal infratuzilma, ekologik holat, hujjatlashtirish va ijtimoiy himoya bilan bog‘liq masalalar o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik olib borilayotgani ta’kidlandi.

🗣 Ochiq muloqot davomida 100-avtobus yo‘nalishini tiklash bo‘yicha taklif bildirildi. Xususan, Qoraqamish 1/4 dahasi, 16-uy, 44-xonadonda yashovchi fuqaro Nodira Abdusattorova ko‘pchilik aholi nomidan muhim taklif bilan chiqdi. Uning ta’kidlashicha, «Obod ko‘cha» dasturi doirasida Qoraqamish 1/4 dahasidagi Gulsaroy ko‘chasida ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. Biroq ta’mirlash jarayonida ushbu ko‘cha orqali harakatlangan 100-sonli avtobus yo‘nalishi Qoraqamish 1/3 dahasi hududiga o‘zgartirilgan. Hozirda ko‘chadagi ta’mirlash ishlari yakunlangan bo‘lsa-da, avtobus yo‘nalishi avvalgi holatiga qaytarilmagan.

📌 Shu munosabat bilan fuqaro 100-sonli avtobus harakatini Gulsaroy ko‘chasi orqali qayta yo‘lga qo‘yish masalasini ko‘rib chiqish va aholiga qulay jamoat transporti qatnovini ta’minlashda amaliy yordam berishni so‘radi.
🔹 Aholi murojaatlari — deputatlik nazoratida: Muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va savollar yuzasidan fikr almashildi. Ko‘tarilgan masalalarni o‘rganish hamda ularning yechimi bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

✅ Uchrashuv yakunida saylovchilar murojaatlarini izchil o‘rganish, aholi manfaatlarini himoya qilish va hududdagi mavjud muammolarga amaliy yechim topish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

🤝 Deputatlik faoliyatining asosiy mezoni — saylovchilar bilan ochiq muloqot, xalq manfaatlarini ifoda etish va ko‘tarilgan masalalarning amaliy yechimi uchun izchil harakat qilishdir.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 8