🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ismailov Abduvali Abdumalikovich Qurilish, agrar, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyati doirasida sohaga oid qonun hujjatlari ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirishga mas’uldir.
📌 Deputatga biriktirilgan qonun hujjatlari: 🔹 O‘zbekiston Respublikasining Suv kodeksini tasdiqlash to‘g‘risidagi Qonun — 2025-yil 30-iyuldagi O‘RQ-1076-son. 🔹 O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi — 1998-yil 30-apreldagi 598-I-son. 🔹 “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonun — 2011-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-303-son. 🔹 “Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida”gi Qonun — 2010-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-276-son. 🔹 “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonun — 2019-yil 7-noyabrdagi O‘RQ-581-son.
🔎 DEPUTATLIK NAZORATINING USTUVOR YO‘NALISHLARI Deputat tomonidan mazkur qonun hujjatlari ijrosini o‘rganish, tegishli tashkilotlar faoliyatini tahlil qilish, hududda mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan vakolat doirasida tegishli choralar ko‘rish muhim ahamiyatga ega.
💦 Xususan, yer va suv resurslaridan foydalanish, ekologik holat, qurilish, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish hamda boshqa tegishli sohalarda qonunchilik talablariga rioya etilishi deputatlik nazoratining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi.
📍 Asosiy maqsad — qonun hujjatlari ijrosini o‘rganish, aniqlangan muammolarni tegishli tartibda ko‘rib chiqish va ularning qonuniy hal etilishiga erishish.