#deputatlik_faoliyati_Uchtepa #Talim
TUMANDA ILK RIVOJLANIŞ MARKAZI OÇILDI
🫥 Uçtepa tumani Xoijobod mahallasida joylaşgan 197-sonli umumta’lim maktabi hududidagi böş turgan binoda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-son qarori ijrosi doirasida Ilk rivojlaniş markazining oçiliş marosimi bölib ötdi.
💼 Tadbirda tuman hokimi Bunyod Mamadjanov, tuman prokurori, tuman IIO FMB boşliği, xalq deputatlari Uçtepa tumani Kengaşining "12-Nazarbek" saylov okrugi deputati Avaz Xudayberganov, mahalla raislari va faollari, şuningdek, tuman Maktabgaça va maktab ta’limi bölimi rahbari hamda xodimlari iştirok etdilar.
📇 Markazda 3 yoşdan 7 yoşgaça bölgan 120 nafar bolani qamrab oliş rejalaştirilgan. Bu yerda bolalarning intellektual salohiyati, nutqi, mantiqiy fikrlaşi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiriş, şuningdek, ularni maktab ta’limiga tayyorlaşga qaratilgan bepul maşğulotlar taşkil etiladi.
📈 Yangi markazning oçilişi bolalarning har tomonlama rivojlanişi, maktabga puxta tayyorgarlik körişi va ta’lim oliş imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qiladi.