Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Abdrimova hamda O‘zbekiston XDP tuman Kengashi raisi O. Akimova Monoq mahallasida og‘ir toifadagi mahalla sifatida yo‘l infratuzilmasi holatini o‘rgandilar.
🔹 O‘rganish davomida mahalla ichki yo‘llarining holati, mavjud muammolar va yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga bo‘lgan ehtiyojlar ko‘zdan kechirildi.
🔹 Asosiy maqsad — aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish, yo‘llar bilan bog‘liq muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflarni shakllantirish.
📌 O‘rganish natijalari asosida mahalladagi yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va aholi turmush sharoitini yanada qulaylashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanishiga e’tibor qaratildi.