📍 Monoq mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Abdrimova hamda O‘zbekiston XDP tuman Kengashi raisi O. Akimova Monoq mahallasida mahalla yettiligi tomonidan kambag‘allik reyestriga kiritilgan oilalar bilan manzilli ishlash bo‘yicha ishlab chiqilgan rejalar bilan tanishdilar.
🔹 O‘rganish davomida:
Ehtiyojmand oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash;
Oilalarni bandlikka jalb etish va daromad manbalarini yaratish;
Har bir oilaning muammolariga individual yondashish;
Belgilangan chora-tadbirlarning ijrosini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
✅ Asosiy maqsad — kambag‘allikni qisqartirish, oilalar farovonligini oshirish hamda fuqarolarning munosib hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish.