Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-sonli qarori hamda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 7-fevraldagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda navbatdagi o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolar murojaatlariga asosan hududlarda mavjud muammolarni joyiga chiqib o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.
янв.21
Deputat nazorati.
янв.21
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov tomonidan Yoyilma mfy mahalla “yettiligi” va mahalla faollari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-sonli qarori hamda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 7-fevraldagi VII-19-9-11-168-K/26-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Aholi murojaati deputat e’tiborida
Deputat U.Saidov deputat so'rovi yo'lladi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Saidov Ulug‘bek Aripovich tomonidan tuman hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari nomiga deputat so‘rovi yuborildi.

Deputatlik okrugidagi “Ko‘tarma” mahallasida olib borilgan o‘rganishlar davomida 14, 19 va 20-sonli ko‘p qavatli uylar atrofidagi ichki yo‘llar tuman elektr tarmoqlari tomonidan kavlanganligi hamda ushbu hududlar qayta asfaltlanmasdan qoldirilganligi aniqlandi.

Mazkur yo‘llar maktabga olib boruvchi asosiy qatnov yo‘llari bo‘lib, o‘quvchi bolalar hamda hududda yashovchi fuqarolar uchun jiddiy noqulayliklar tug‘dirmoqda.

Shu munosabat bilan, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 8-moddalariga asosan, masala yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki tegishli choralar ko‘rish yuzasidan munosabat bildirish so‘raldi.

Slide 1 of 1