Shu doirada shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov va kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova Tuyagum mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishdi. O‘rganishlar mahalla raisi ishtirokida tashkil etildi.
Jarayon davomida 2026-yilda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar, xususan, “ABDULLOH FAYZ LAZZAT” OK tomonidan oshxona xizmatlarini rivojlantirish hamda “PORLOQ 111” MCHJ tomonidan savdo xizmatini yo‘lga qo‘yish ishlari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Mazkur loyihalar aholi bandligini ta’minlash, xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va hudud iqtisodiyotini rivojlantirishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.
O‘rganish yakunida ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.