Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolar murojaatlariga asosan hududlarda mavjud muammolarni joyiga chiqib o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.
янв.21
Deputat nazorati.
янв.21
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov tomonidan Yoyilma mfy mahalla “yettiligi” va mahalla faollari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-sonli qarori hamda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 7-fevraldagi VII-19-9-11-168-K/26-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Aholi murojaati deputat e’tiborida
янв.21
“Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari — deputatlar nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida boʻlib oʻtdi.
янв.21
Fuqaro murojaati o‘rganildi
Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi

🔹Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi yig‘ilishida shaharda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔹Yig‘ilish davomida shahar xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Jo‘raboeva hisobot bilan ishtirok etib, o‘tgan davr mobaynida xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, ularni tadbirkorlikka jalb etish hamda huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Bugungi kunda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash ayniqsa ularning bandligini ta’minlash, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda joylarda turli o‘quv-seminarlar, kasb-hunar kurslari tashkil etilib, imtiyozli kreditlar ajratish orqali xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Hisobotda, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan yoki og‘ir turmush sharoitidagi xotin-qizlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va manzilli yordam ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ham alohida qayd etildi.

🔹Komissiya a’zolari tomonidan mazkur yo‘nalishda erishilgan natijalar bilan bir qatorda mavjud muammolar ham muhokama qilinib, xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, ularni ish bilan ta’minlash va tadbirkorlikka keng jalb etish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🔹Yig‘ilish yakunida ushbu sohada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, hamkor tashkilotlar bilan tizimli ishlarni kengaytirish hamda xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5