Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolar murojaatlariga asosan hududlarda mavjud muammolarni joyiga chiqib o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.
янв.21
Deputat nazorati.
янв.21
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov tomonidan Yoyilma mfy mahalla “yettiligi” va mahalla faollari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-sonli qarori hamda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 7-fevraldagi VII-19-9-11-168-K/26-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Aholi murojaati deputat e’tiborida
янв.21
“Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari — deputatlar nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida boʻlib oʻtdi.
янв.21
Fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Deputat M.Raimdjanov tomonidan O‘rda tagi MFYda mahalla yettiligi vakillari faoliyati o‘rganildi hamda ularning hisobotlari tinglandi.
янв.21
Deputatlik nazorati
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolar murojaatlariga asosan hududlarda mavjud muammolarni joyiga chiqib o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Xususan, Zuhro MFY fuqarolari hamda 36-maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari tomonidan kelib tushgan murojaatda hududda joylashgan chiqindi yig‘ish uchun mo‘ljallangan maxsus joyda chiqindilarni tartibsiz tashlab ketishlar natijasida noxush hidlar taralayotgani bildirilgan.

Mazkur murojaat asosida hududda atroflicha o‘rganish ishlari olib borildi. Unda Kengash kotibiyati mudiri A.Ermatov, Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi o‘rinbosari M.Abdurahmonova, mahalla raisi, sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari, shahar ekologiya inspektorlari hamda BSK rahbarlari ishtirok etdilar.

O‘rganish jarayonida chiqindi yig‘ish maydonchasining holati ko‘zdan kechirilib,tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilindi. 

Deputat M.Abdurahmonova ekologik madaniyatni oshirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanini alohida ta’kidladi. U aholining atrof-muhitga nisbatan mas’uliyatini kuchaytirish, chiqindilarni to‘g‘ri saralash va belgilangan joylarga tashlash bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish zarurligini bildirdi.

Shuningdek, BSK mas’ullariga chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish tizimini takomillashtirish, zamonaviy va samarali yondashuvlarni joriy etish, aholiga qulaylik yaratish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Ta’kidlanganidek, bu kabi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish nafaqat hudud sanitariya holatini yaxshilash, balki aholi salomatligini muhofaza qilishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlar nazoratida bo‘lib, monitoring ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 5