Bugun Karmana tumanidagi 33 ta maktablarning barchasida yangi o‘quv yilining ilk qo‘ng‘irog‘i chalindi.
Bugun Karmana tumani hokimi,Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi raisi Valijon Adizov yangidan bunyod etilgan 33-umumta'lim maktabining bayram tadbirida ishtirok etib, barchani mustaqilligimizning 34 yilligi bayrami hamda yangi o‘quv yilini yangi binoda boshlashlari bilan tabrikladi. Shuningdek, maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Shundan so‘ng, ramziy lenta qirqilib, maktab binosida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.Tadbir davomida Tuman rahbari maktabdagi o‘quvchi yoshlarga "Kelajak soati" darsini o‘tib, mustaqilligimiz bergan imkoniyatlar, yurtimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar samarasi, o‘qituvchi va yoshlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib, o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanilib, chuqur bilim olishga, yurt tinchligi , Vatan taraqqiyoti va xalq farovonligi yo‘lida xizmat qiladigan farzandlar bo‘lib voyaga yetishishlariga tilak bildirdi.
✅Ma’lumot uchun: bugun tumandagi 33 ta maktablarda 23 076 nafardan ortiq o‘quvchilar yangi o‘quv yilini boshlashdi. Ularning 2210 nafari maktabga ilk bor qadam qo‘yayotgan jajji o‘g‘il-qizlardir.