Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
KARMANA TUMANI HOKIMI, XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI RAISI BIRINCHI QO‘NG‘IROQ TADBIRIDA ISHTIROK ETDI
янв.21
Karmana tumanidagi umumta'lim maktablarida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Òzbekiston Ekologik partiyasi deputatlari Karmana tumanining Yangiobod mahallasi aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Кармана туманида ташкил этилаётган мебелчилик микромаркази лойиҳалари кўздан кечирилди.
янв.21
TUMAN HOKIMI,XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHI RAISI V.ADIZOVNING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Депутат таълим муассасаларига амалий кўмак берди.
янв.21
Bugun – Investitsiyaviy loyihalar diqqat markazida!
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Долзарб 90 кунлик
янв.21
Депутат ғолиб ёшлар билан учрашди
Òzbekiston Ekologik partiyasi deputatlari Karmana tumanining Yangiobod mahallasi aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Botirali Shodiyev hamda Navoiy viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari Alijon Jo‘rayev Karmana tumanining Yangiobod mahallasi aholisi bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuv jarayonida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar, jumladan, ekologik muammolar, mahalla hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari atroflicha muhokama qilindi. Aholining yashash sharoitini yaxshilash, toza va sog‘lom ekologik muhitni ta’minlash masalalari asosiy mavzulardan biri bo‘ldi.

Fuqaro murojaatlari orasida ichki yo‘llarni ta’mirlash, eskirgan simyog‘ochlarni almashtirish, suv quvurlarini yangilash hamda boshqa kundalik hayotga taalluqli masalalar borasida ham fikrlar bildirildi. Mazkur ishlarning ijobiy hal etilishi uchun mas’ul tashkilot va korxonalarga murojaatlar yuborilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi “2030 yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ–184-son qarori keng tushuntirildi. Ushbu hujjatning mazmun-mohiyati, unda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar, aholining ekologik savodxonligini oshirish, yoshlar va keng jamoatchilikni atrof-muhitni muhofaza qilishga jalb etish masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Deputatlar o‘z chiqishlarida mahalla aholisini ekologik jarayonlarda faol bo‘lishga chaqirdilar.

Uchrashuv samimiy muloqot ruhida o‘tdi. Mahalla ahli o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, ekologik muammolar bo‘yicha taklif va tashabbuslarini ilgari surdilar. Aholi vakillari bunday uchrashuvlarni muntazam o‘tkazib borish, hamjihatlikda amalga oshiriladigan qo‘shimcha obodonlashtirish va ekologik targ‘ibot tadbirlari kelajakda yanada samarali bo‘lishiga ishonch bildirdilar.

Natijada, Yangiobod mahallasida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha aniq reja va vazifalar belgilab olindi.


 

Slide 1 of 7