Yangiobod tumani umumta’lim maktablarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, tuman hokimi Ibrohim Qarshiboyev Yangiobod tumani 12-umumta’lim maktabida bo‘lib, ustoz va o‘quvchilarni yangi o‘quv yili boshlanishi bilan samimiy tabrikladi. Tadbir davomida tuman Kengashi raisi tomonidan 1-sinfga qadam qo‘ygan o‘quvchilarga Prezident sovg‘alarini topshirdi.
Shuningdek, 11-A sinf o‘quvchilariga “Mustaqillik darsi” o‘tildi. Unda mustaqil O‘zbekistonimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ilm-ma’rifatning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va Vatanga sadoqatli, bilimli yosh avlodni tarbiyalash masalalari xususida to‘xtalib o‘tildi.
Tadbir yakunida
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, tuman hokim maktabga birinchi qadamlarini qo‘ygan bolajonlarning ota-onalari bilan birga bog‘ hududiga ko‘chat ekdi. Bu ezgu an’ana yangi o‘quv yilini yangi nafas va yangi umidlar bilan boshlashga hamohang bo‘ldi.