Yurtboshimiz tashabbusi bilan haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilangan.Shu munosabat bilan tuman “Agrobank” rahbari, tuman Kengashi deputati I. Bo`tabekov tomonidan Kapa va To`racheki mahallalarida yoshlar bilan xonadonbay uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Uchrashuvlar davomida: yoshlarning muammo va takliflari tinglanmoqda, bandlikni ta`minlash masalalari ko`rib chiqilmoqda kasb-hunarga yo`naltirish ishlari amalga oshirilmoqda bo`sh vaqtni mazmunli tashkil etish bo`yicha
tavsiyalar berildi.
Shuningdek, yoshlarning qiziqishlarini qo`llab-quvvatlash maqsadida fuqaro A.Anvarovga o`z xohishiga ko`ra musiqa asbobi taqdim etilib, u tuman madaniyat bo`limiga yo`naltirildi. Bu kabi manzilli ishlar yoshlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash va ularning iqtidorini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.