Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati F.Abdullaeva tuman soliq inspeksiyasi rahbari A.Sobirov
bilan hamkorlikda “Payshanba — Yoshlar kuni” doirasida biriktirilgan Neftchilar mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan xonadonbay ish olib bordi.
O`rganish jarayonida: yoshlarning yashash sharoiti, bandlik masalalari muammo va takliflari
atroflicha o`rganildi.
Shuningdek, yoshlarning murojaatlari tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo`yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. Bunday manzilli uchrashuvlar yoshlar bilan individual ishlash, ularning bandligini ta`minlash, ijtimoiy qo`llab-quvvatlash hamda hayotiy muammolariga amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.