Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
📍 DOʻSTLIK MAHALLASIDA “ZAMONAVIY MAHALLA MARKAZI” LOYIHASI DOIRASIDAGI QURILISH ISHLARI OʻRGANILDI
янв.21
📍 Bunyodkor mahallasida kambagʻallikni qisqartirish borasidagi ishlar oʻrganildi
янв.21
📍 DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA FUQAROLARGA KOʻRSATILAYOTGAN XIZMATLAR OʻRGANILDI
янв.21
🏗 Mahalla obodligi yo‘lidagi bunyodkorlik ishlari nazoratda
янв.21
🔹 Hudud obodligi – aholi farovonligining muhim mezoni!
янв.21
📍 Aholi muammolari — doimiy e'tiborda
янв.21
Tinch va xavfsiz mahalla — barqaror taraqqiyot garovi!
янв.21
📚 Yoshlar bilan ishlash – bugungi kunning ustuvor vazifasi!
янв.21
🤝 Sog‘liqni saqlash tizimida deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining VII chaqiriq 29-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Xondamir mahallasida deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi

#24_ta_tavsiyaviy_savol #Kotibiyat_hududlarda
#162_ta_eng_muhim_qonun #Deputatlik_nazorati


Xondamir mahallasida deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining tegishli saylov okrugi deputati Kamolitdin Azizov tomonidan Xondamir mahallasida "mahalla yettiligi" ishtirokida uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi mavjud holat o‘rganildi.

📇 Mahalla hududida 11 ta ko‘cha, 320 ta xonadon, 650 ta oila hamda 2 450 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Shuningdek, Ayollar daftarida 137 nafar xotin-qiz, Ijtimoiy reyestrda esa 13 nafar fuqaro ro‘yxatga olingan.

📊 Uchrashuv davomida deputatlik faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaviy savol hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida foydalanish tavsiya etilgan 162 ta muhim qonun talablari asosida mahalladagi mavjud holat atroflicha tahlil qilindi.

🕯 O‘rganish jarayonida mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati, yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, xotin-qizlar faoli tomonidan olib borilayotgan tadbirlar samaradorligi hamda ijtimoiy xodimning ehtiyojmand fuqarolarga xizmat ko‘rsatish, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash bo‘yicha faoliyati yuzasidan suhbat o‘tkazildi.

📝 Shuningdek, mahalla aholisi tomonidan Durbek va Bayram ko‘chalari kesishmasida joylashgan bolalar maydonchasining ta’mirtalab holatda ekani va uni ta’mirlash zarurligi bildirildi. O‘rganish jarayonida kotibiyat mudiri, deputat Anvar Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyevalar ishtirok etdi.

Slide 1 of 5