Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

📍 Bunyodkor mahallasida kambagʻallikni qisqartirish borasidagi ishlar oʻrganildi

👥 Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat S. Shokirova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Utegenov Bunyodkor mahallasida boʻlib, hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oʻrgandilar.
📊 Oʻrganish davomida:
🔹 aholini kambagʻallikdan chiqarish;
🔹 bandlikni taʼminlash;
🔹 tadbirkorlikni rivojlantirish;
🔹 fuqarolar daromadlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning natijalari tahlil qilindi.
🤝 Shuningdek, mavjud muammolar yuzasidan fikr almashilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
✅ Bunday oʻrganishlar hududlarda olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholi farovonligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish borasidagi saʼy-harakatlarni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3