Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
📍 DOʻSTLIK MAHALLASIDA “ZAMONAVIY MAHALLA MARKAZI” LOYIHASI DOIRASIDAGI QURILISH ISHLARI OʻRGANILDI
янв.21
📍 DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA FUQAROLARGA KOʻRSATILAYOTGAN XIZMATLAR OʻRGANILDI
янв.21
📍 Bunyodkor mahallasida kambagʻallikni qisqartirish borasidagi ishlar oʻrganildi
янв.21
🏗 Mahalla obodligi yo‘lidagi bunyodkorlik ishlari nazoratda
янв.21
🔹 Hudud obodligi – aholi farovonligining muhim mezoni!
янв.21
Tinch va xavfsiz mahalla — barqaror taraqqiyot garovi!
янв.21
📍 Aholi muammolari — doimiy e'tiborda
янв.21
🤝 Sog‘liqni saqlash tizimida deputatlik nazorati
янв.21
📚 Yoshlar bilan ishlash – bugungi kunning ustuvor vazifasi!
янв.21
Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining VII chaqiriq 29-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Mahallabay ishlash tizimi: «Mahalla yettiligi» faoliyati tahlil qilindi

Mahallabay ishlash tizimi: «Mahalla yettiligi» faoliyati tahlil qilindi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati mudiri O'.Rajabov hamda tuman Kengashi deputati D.Yodgorovalar tumandagi “Ittifoq” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahallada aholi muammolarini hal etish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashning bosh bo‘g‘ini hisoblangan “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔹O‘rganish davomida mahalla raisi, hokim yordamchisi va ijtimoiy xodimdan iborat jamoaning hamkorlikdagi ishlari, hududni rivojlantirish «yo‘l xaritalari» ijrosi tahlil qilindi.

🔹Bugun mahalla yettiligi shunchaki kuzatuvchi emas, balki kambag‘allikni qisqartirish, ishsizlikni kamaytirish, jinoyatchilikning oldini olish va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni to‘g‘ri yo‘naltirishda asosiy kuchdir.

🔹Suhbat davomida har bir mas’ulning o‘zaro integratsiyalashgan holda, «xonadonbay» yurish samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

🔹O'.Rajabov mahalla yettiligi a’zolari bilan suhbatlashib, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada soddalashtirish, davlat tomonidan berilayotgan imtiyoz va subsidiyalarning manzilli yetib borishini ta’minlash hamda hududda tadbirkorlik muhitini yaxshilash yuzasidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.

🔹Mahallani rivojlantirish va aholi roziligiga erishish yo‘lidagi bu kabi tizimli o‘rganishlar tumanning barcha hududlarida izchil davom ettirilmoqda.