Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
📍 DOʻSTLIK MAHALLASIDA “ZAMONAVIY MAHALLA MARKAZI” LOYIHASI DOIRASIDAGI QURILISH ISHLARI OʻRGANILDI
янв.21
📍 Bunyodkor mahallasida kambagʻallikni qisqartirish borasidagi ishlar oʻrganildi
янв.21
📍 DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA FUQAROLARGA KOʻRSATILAYOTGAN XIZMATLAR OʻRGANILDI
янв.21
🏗 Mahalla obodligi yo‘lidagi bunyodkorlik ishlari nazoratda
янв.21
🔹 Hudud obodligi – aholi farovonligining muhim mezoni!
янв.21
📍 Aholi muammolari — doimiy e'tiborda
янв.21
Tinch va xavfsiz mahalla — barqaror taraqqiyot garovi!
янв.21
📚 Yoshlar bilan ishlash – bugungi kunning ustuvor vazifasi!
янв.21
🤝 Sog‘liqni saqlash tizimida deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining VII chaqiriq 29-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Mahalladagi tadbirkorlar faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Dexkanov tomonidan "G‘ishtli masjid" mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-sonli "Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi hamda 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-sonli "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonunlari ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalla hokim yordamchisi D.Nosirov ishtirokida hududda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar J.Xasanova hamda A.Rustamovning faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

Tadbirkorlarning faoliyat yuritishi uchun yaratilgan sharoitlar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlari, mavjud muammolar hamda faoliyatni yanada kengaytirish imkoniyatlari yuzasidan atroflicha suhbat o‘tkazildi.

Shuningdek, tadbirkorlarga amaldagi qonunchilik talablari, davlat tomonidan yaratilgan imtiyoz va preferensiyalar, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari hamda biznesni yanada kengaytirish masalalari yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning imtiyozli kreditlar va boshqa davlat ko‘maklaridan foydalanish imkoniyatlari, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi hamda mahallada yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3