Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
📍 Bunyodkor mahallasida kambagʻallikni qisqartirish borasidagi ishlar oʻrganildi
янв.21
📍 DOʻSTLIK MAHALLASIDA “ZAMONAVIY MAHALLA MARKAZI” LOYIHASI DOIRASIDAGI QURILISH ISHLARI OʻRGANILDI
янв.21
📍 DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA FUQAROLARGA KOʻRSATILAYOTGAN XIZMATLAR OʻRGANILDI
янв.21
🔹 Hudud obodligi – aholi farovonligining muhim mezoni!
янв.21
🤝 Sog‘liqni saqlash tizimida deputatlik nazorati
янв.21
📍 Aholi muammolari — doimiy e'tiborda
янв.21
Tinch va xavfsiz mahalla — barqaror taraqqiyot garovi!
янв.21
📚 Yoshlar bilan ishlash – bugungi kunning ustuvor vazifasi!
янв.21
🏗 Mahalla obodligi yo‘lidagi bunyodkorlik ishlari nazoratda
янв.21
📍 Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Dexkanov tomonidan "G‘ishtli masjid" mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy xodim faoliyati hamda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktyabrdagi O‘RQ-641-sonli "Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla ijtimoiy xodimi D.Abdullayeva tomonidan qonun ijrosini ta’minlash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Ma’lum qilinishicha, "G‘ishtli masjid" mahallasi hududida 318 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs istiqomat qiladi. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 53 ta oilaga umumiy qiymati 20 million 600 ming so‘mlik dori-darmon vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari hamda kiyim-kechaklar yetkazib berilgan.

Shuningdek, 12 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaroga zarur tibbiy reabilitatsiya jihozlari ajratilgani qayd etildi.

O‘rganish davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning salomatligini mustahkamlash, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlarini kengaytirish hamda sanatoriy va sihatgohlarga bepul yo‘llanmalar ajratish tartibi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, fuqarolarning qonunchilikda belgilangan imtiyozlardan foydalanish imkoniyatlari, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi, tibbiy va ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda ehtiyojmand fuqarolarni manzilli qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda qonun ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3