Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Raimdjanov o‘z saylov okrugida bo‘lib, saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvlarni o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, xususan, tijorat banklari orqali imtiyozli kreditlar olish masalalari yuzasidan murojaatlar bildirildi.

O‘rganishlar jarayonida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan murojaatlar hamda aniqlangan muammolar deputatning "Ko‘cha aylanish daftari"ga qayd etildi.

Mazkur murojaatlar va aniqlangan muammolarni ijobiy hal etish maqsadida Marg‘ilon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari nomiga deputat so‘rovi kiritildi.

Ushbu masalalarning ijrosi deputat tomonidan nazoratga olinib, ularning qonunchilikda belgilangan tartibda hal etilishi yuzasidan deputatlik nazorati amalga oshiriladi.

Slide 1 of 1